1

Qoraqalpog`istonda yangi qurilayotgan temir yo`l ko`prigining bir qismi qulab tushdi

Jamiyat 24.03.2023, 00:47
Qoraqalpog`istonda yangi qurilayotgan temir yo`l ko`prigining bir qismi qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanida qurilayotgan ko`prik qulab tushgani aks etgan suratlar tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog`lovchi Amudaryo daryosi ustiga avtomobil va temir yo`l qo`shma ko`prigini qurish ishlari boshlangan edi.

Yangi ko`prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib- "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, Bosh loyihachi etib — "Boshtransloyiha" AJ, Bosh pudratchi etib — "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tarkibiy bo`linmalari belgilangan.

Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temir yo`l transporti tarmog`ini yo`lga qo`yish maqsadida, Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o`tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynev” avtomobil yo`lining 717-718-km oralig`idan osma ko`prik tarzda o`tkazilgan.

Ushbu ko`prikka 14-sonli ko`prik qurilish otryadi tomonidan vaqtinchalik tayanch balkalar o`rnatilgan edi. Bugun, 23 mart kuni ertalab ushbu ko`prikning vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma`lum sabablarga ko`ra qulab tushgan.

Mazkur balkalar vaqtincha o`rnatilgan bo`lib, ko`prik qurilishida vaqtinchalik vazifa bajaruvchi, yordamchi vosita hisoblanadi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko`rmagan.

''Hozirda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahridan tegishli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari chaqirilgan'',- deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1