AsosiyJamiyat
2816

Ro`zani buzmaydigan amallar haqida bilasizmi?

'Ro`zani buzmaydigan amallar haqida bilasizmi?'ning rasmi

Quyidagi holatlarda ro`za buzilmaydi:

- Ro`zador esida yo`q holatda esa, ichsa, jinsiy aloqa qilsa;

- Uyqusida yoki ayoliga qarab junub bo`lib qolsa;

- Qon oldirsa;

- Surma qo`ysa;

- Ayolini o`psa-yu, junub bo`lmasa.

Lekin ro`zador odam iloji boricha o`zini bunday holatdan uzoq qilmog`i lozimdir.


Ro`zador uchun quyidagi ishlar makruhdir:

- O`z nafsiga ishonmagan kishining o`z ayolini o`pishi. Agar nafsini jilovlay olsa zarari yo`q;

- Biror narsani tatib ko`rish va misvoqdan boshqa narsa bilan tishni tozalash;

- Emizikli ro`zador ayol o`z bolasiga zaruratsiz taom chaynab berishi. Bunda agar chaynamaslikni imkoni bo`lsa, chaynamaslik ma`qul. Ammo imkoni bo`lmasa chaynab berishning zarari yo`q. Vallohu a`lam.


O`zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar