1

Mashhur bloger Ilya Varlamov Rossiyada xorijiy agent deb e`lon qilindi

Dunyo 24.03.2023, 13:13
Mashhur bloger Ilya Varlamov Rossiyada xorijiy agent deb e`lon qilindi

Rossiya Adliya vazirligi taniqli bloger va sayohatchi Ilya Varlamovni "xorijiy agent" deb e`lon qildi. 

"I.A.Varlamov davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning siyosati to`g`risida ishonchsiz ma`lumot tarqatgan, xorijiy manbalardan yordam olgan", - deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Ilya Varlamov 2017 yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda shaharsozlik, infratuzilma va siyosatga bag`ishlangan kanallarni yuritadi. Varlamov dunyoning ko`plab mamlakatlarida, xususan O`zbekistonda ham bo`lib, shaharsozlik, obodonlashtirish, infratuzilma muammolariga bag`ishlangan foto va video materiallarni e`lon qilgan. 

Sobiq deputat Rasul Kusherbaev uning xorijiy agent deb e`lon qilinganiga munosabat bildirdi. 

"Va nihoyat Rossiya Adliya vazirligi taniqli bloger, shaharshunos va sayohatchi Ilya Varlamovni "inoagent" deb e`lon qilibdi.

Rossiyada amaldagi rejimni maqtamaydigan mustaqil va tanqidiy fikrlovchilarni ko`pchiligi "inoagent" deb e`lon qilinayotgan, Ilya esa bu ro`yxatdan tushib qolayotgandi. Endi u ham tan olindi. Bu hozirgi vaziyatda Ilyaga obro` olib keladi, xolos", - deydi Kusherbaev. 

Ma`lumot uchun: Ilya Varlamovning obunachilari soni 4 milliondan ortiq, ko`rsatuvlari esa 1,3 milliard marta tomosha qilingan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1