AsosiySUG'DIYONA
29856

Telefon raqamingiz sizga qanchalik omad keltirishini aniqlang

Bu juda oson! Astrologlarning fikriga ko`ra, telefon raqamining oxirgi soni psixologiyada o`ziga xos o`ringa ega.  U omad chaqirishi, kishiga romantik kayfiyat bahsh etishi va hatto asabiylashtirishi ham mumkin ekan. 

1

Bu juda kuchli raqam. U ijobiy quvvatingizni oshirib, atrofdagilarga so`zingizni o`tkazishga yordam beradi. Bu raqam sohiblari anchayin ehtiyotkor bo`lishlari lozim. Ko`pam omadga ishonib qolmang. Ammo biznesmenlar va mansab pillapoyalaridan ko`tarilish orzusida yurganlar uchun ayni muddaodir.

2

Bu raqam romantik kayfiyat baxsh etishga qodir. Shu sababli ham yosh juftliklar uchun juda munosib. U egasiga muloyimlik, aql bilan ish ko`rish va kishilarni tushuna olish qobiliyatini ulashadi. Oxirgi soni “2” bo`lgan telefon raqamlari o`ziga ishonganlar va savdo xodimlariga qo`l keladi.

3

Bu raqam ijod kayfiyatini o`zida mujassamlashtirgan. Shu sababdan ham artistlar, shoirlar, musiqachilarlarga juda mos. U ilhomlantiradi va o`z egasiga mashhurlik olib keladi. Ammo oldiga aniq maqsad qo`yib, unga tomon intilayotlarga tavsiya etilmaydi.

4

Bu raqam turg`unlik, ishonch va kuch olib keladi. Shuning uchun bank xodimlari, advokat va firma rahbarlariga undan foydalanish tavsiya etiladi. Agar katta oilangiz bo`lishini istasangiz aynan shu son bilan tugaydigan yangi raqam sotib oling.

5

Bu son sarguzasht va turli qiziqarli vaziyatlarni jalb qilishga qodir. Shu bois uning sohibidan har narsani kutish mumkin. Yolg`izlikni, sayohat qilishni va erkinlikni yoqtiradiganlar tanlovi. Shuningdek bu son egasining mas`uliyatsizligidan ham darak berishi mumkin. Oilaparvar va ruhiy muammoga duch kelgan kishilar undan uzoqroq bo`lganlari afzal.

6

Oilaparvarlar uchun eng yaxshi tanlov. U iliqlik, g`amxo`rlik va himoyani o`zida mujassamlashtirgan. Ammo juftini izlayotganlar oxiri “6” bilan tugaydigan raqamlarini o`zgartirganlari ma`qul.

7

Ha, bu sonni xech ikkilanmay g`aroyibotlarga boy deb aytsa bo`ladi. U faylasuflar, hayot haqida fikr yuritishni yoqtiradigan kishilar uchun yaratilgan. Son ichki quvvatingizni va o`zingizga bo`lgan ishonchingizning ortishiga yordam beradi.

8

Pul chaqirish xususiyati tufayli tadbirkorlar uchun ayni muddao. Shuningdek u hamkasblar va sheriklarning sizga nisbatan ishonchi ortishiga ham yordam beradi. Bu son egasining ishbilarmon, tejamkor va qobiliyatli ekanini ko`rsatib turibdi.

Rahmdillik va hamdardlik “9” soni bilan tugaydigan telefon raqami sohiblariga xos eng asosiy xususiyat. Uni tibbiyot xodimlari yoki hayriya ishlari bilan shug`ullanishni xush ko`ruvchi kishilar tanlaganlari maqsadga muvofiq. Aytishlaricha omad mabudasi Fartuna  ham shu sonni xush ko`rgan ekan. Biroq biror xastalikdan aziyat chekuvchilar, shuningdek, moliyaviy ahvoli tang turganlar undan ehtiyot bo`lishlari lozim.

Atrofdagilar bilan oson chiqishib ketadiganlarning omadli soni hisoblanadi. Bu raqam orqali hamkor topish, sherikchilikda ish qilib, birgalikdagi loyihalarni muhokama qilish doim omad keltiradi. Jamoa bo`lib ishlaydigan insonlar xech ikkilanmay “0” bilan yakunlanadagan telefon raqamini tanlayversinlar. 

Boshqa yangiliklar