1

#Ramazon_2023. Ro`zador odam so`lagini yutishi mumkinmi?

Jamiyat 26.03.2023, 05:30
#Ramazon_2023. Ro`zador odam so`lagini yutishi mumkinmi?

Aytishlaricha, ro`zador odam o`z so`lagini yutsa ro`zasi ochilib ketishi mumkin ekan. Bu gap qanchalik to`g`ri? 

 JAVOB:

- Ro`zador so`lagi (tufugi)ni yutishi bilan ro`za ochilmaydi. “Muhitul Burhoniy” nomli kitobda bu haqida shunday deyiladi:

وَإِذَا جَمَعَ الصَّائِمُ رِيْقَهُ فِي فَمِهِ ثُمَّ ابْتَلَعَهَا لَمْ يُفْطِرْ

“Ro`zador og`zida tufugini yig`ib keyin yutib yuborsa, ro`zasi buzilmaydi”.

Qasddan so`lagini og`zida to`plab yutish esa makruh bo`ladi. Bu haqda “Fatovoi hindiyya”da quyidagi jumlalar keltirilgan:

وَيُكْرَهُ لِلصَّائِمِ أَنْ يَجْمَعَ رِيقَهُ فِي فَمِهِ ثُمَّ يَبْتَلِعَهُ كَذَا فِي الظَّهِيرِيَّةِ

“Ro`zador tufugini og`zida yig`ib keyin yutib yuborishi makruh bo`ladi. “Zohiriyya”da shunday keltirilgan”.

Demak, tufukni qasddan og`izda yig`ib, yutishdan iloji boricha saqlanish kerak bo`ladi. Odatdagi holatda esa so`lakni ichga o`tishi makruh emas. Vallohu a`lam.

O`zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1