1

Rossiya Belarusda yadroviy qurollarni joylashtirish rejasini e`lon qildi

Dunyo 26.03.2023, 07:39
Rossiya Belarusda yadroviy qurollarni joylashtirish rejasini e`lon qildi

Shu yilning 1 iyul kuni Rossiya Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishini yakunlaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 24» telekanali efirida.

Uning so`zlariga ko`ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hududida Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini joylashtirish masalasini anchadan beri ko`tarib kelgan. Putinning ta`kidlashicha, Rossiya Belarusga qurol bermaydi, balki o`zinikini bu mamlakat hududiga qo`yadi.

Uning so`zlariga ko`ra, Lukashenko bilan mazkur masala bo`yicha muzokaralar olib borishiga Buyuk Britaniyaning Ukrainaga kuchsizlantirilgan uranli snaryadlarni etkazish to`g`risidagi e`loni ham sabab bo`lgan.

Putin Belarus hududida yadro qurolini joylashtirishda Rossiya Yadro qurolini tarqatmaslik to`g`risidagi shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini buzmasligini ta`kidlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1