AsosiyJamiyat
2144

Shavkat Mirziyoev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan 27 mart kuni o`tgan telefon orqali muloqotida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining tahlili batafsil ko`rib chiqildi.

O`zbekiston va Misr etakchilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini samimiy qutlashdan boshlab, do`st xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

Ikki mamlakat etakchi kompaniyalarining energetika, tog`-kon, charm va zargarlik tarmoqlari, sog`liqni saqlash va telekommunikasiya sohalari kabi yo`nalishlarda aniq kooperasiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Qo`shma loyihalarni samarali amalga oshirish uchun faol muloqotlarni davom ettirish va qulay sharoitlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig`ilishlarini muntazam o`tkazib borish zarurligi ta`kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar