Soliq qo`mitasi mansabdorlari ortiqcha undirilgan foyda solig`i ortidan ishdan olindi

Jamiyat 28.03.2023, 12:25
Soliq qo`mitasi mansabdorlari ortiqcha undirilgan foyda solig`i ortidan ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qayd etilgan foyda solig`i bo`yicha holatlar Soliq qo`mitasi tomonidan zudlik bilan o`rganildi.  

Qayd qilinishicha, ushbu kamchiliklarga yo`l qo`yganliklari uchun Soliq qo`mitasi mas`ul nazorat departamenti boshlig`i B.Muqimov va Toshkent shahar bo`lim boshlig`i O.Lutfillaev egallagan lavozimlaridan ozod etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig`i Yu.Nasimjanov va Boshqarma boshlig`ining birinchi o`rinbosari J.Mirpo`latovning maxsus unvonlari bir pog`onaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilangan.

Shuningdek, Soliq qo`mitasi soliq to`lovchilarga xizmat ko`rsatish departamenti boshlig`i X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlangan.

Foyda solig`i bo`nak to`lovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablag`larni 28 mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq to`lovchilarga to`liq qaytarish vazifasi belgilab olingan.

Qayd etilgan holatlar bo`yicha Toshkent shahar soliq organlarida maxsus boshqarma tomonidan xizmat tekshirishi o`tkazish va natijalari bo`yicha hujjatlarni huquqni himoya qilish organlariga yuborish vazifasi topshirilgan.

️"Hurmatli tadbirkorlar, Soliq qo`mitasi qayd etilgan holatlar bo`yicha vaqtida axborot bergan tadbirkorlik subektlariga minnatdorlik bildirgan holda, summasidan qat`iy nazar kelgusida qayd etiladigan har bir holat bo`yicha Soliq qo`mitasiga yoki @dsq_anticorrupciya_bot ga murojaat qilishingizni iltimos qiladi", - deyiladi rasmiy munosabatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1