AsosiyDunyo

JSST tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichi nega oshib ketayotganining sababini ma`lum qildi

'JSST tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichi nega oshib ketayotganining sababini ma`lum qildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko`ra, qariyb yigirma yillik pasayishdan so`ng Evropada yana sil kasalligidan o`lim ko`rsatkichlari oshgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xususan, 2021 yilda 27,3 ming kishi ushbu xastalik qurboniga aylangan. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 3 mingta ko`p ko`rsatkichdir.  

Ekspertlar fikricha, bu — koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq omil. Chunki o`sha davrda shifoxonalarning asosiy resurslari SOVID-19 diagnostikasi va muolajasiga yo`naltirildi. Oqibatda silni tashxislash jarayoni bir muncha kechikdi.  

Qolaversa, 2021 yilda sil kasalligining rifampisin preparatiga chidamli turi 3 foiz o`sishi kuzatilgan.  

Umuman, 2021 yili Er yuzida 10,6 million nafarga yaqin kishi ushbu xastalikka chalingan. Bu 2020 yilga nisbatan 4,5 foizga ko`pdir. Eng yomoni, tuberkulyoz oqibatida 1,6 million nafar bemor hayotdan ko`z yumgan.

Eslatib o`tamiz, sil erta bosqichda aniqlanmasa, bemor yil davomida 10-15 kishiga bu xavfli infeksiyani yuqtirishi mumkin. Shu sababli JSST 2035 yilgacha tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichlarini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar