AsosiyDunyo

Rim papasi Fransisk shifoxonaga tushib qoldi

'Rim papasi Fransisk shifoxonaga tushib qoldi'ning rasmi

Rim papasi Fransisk shifoxonaga yotqizildi. U tibbiyot muassasasida tekshiruv amaliyotlaridan o`tadi.

Bu haqda papaning matbuot kotibi Matteo Bruniga asoslanib Reuters axborot agentligi xabar tarqatgan.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, 86 yoshga to`lgan Rim papasi 29 mart kuni haftalik umumiy auditoriya yig`ilishida ishtirok etgan va sog`lom tarzda namoyon bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, papa Fransisk 1936 yilda Argentina poytaxti Buenos-Ayresda tug`ilgan. Katoliklarning yuqori lavozimiga esa 2013 yilda o`tirgan. 

    Boshqa yangiliklar