AsosiyDunyo

Braziliya va Xitoy dollardan voz kechmoqda

'Braziliya va Xitoy dollardan voz kechmoqda'ning rasmi

Braziliya va Xitoy o`z valyutalari foydasiga dollardan voz kechish bo`yicha savdo shartnomasini imzoladilar. 

Ma`lum qilinishicha, Braziliya va Xitoy yuanni birinchi navbatda AQSh dollariga konvertasiya qilish o`rniga to`g`ridan-to`g`ri realga va aksincha almashish imkonini beruvchi savdo shartnomasini tuzdilar.

Yangi kelishuv "xarajatlarni kamaytirish" va "o`zaro savdoni yanada kengaytirishni rag`batlantirish va sarmoya kiritishni osonlashtirishi" kutilmoqda, dedi Braziliya.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Xitoy Braziliyaning eng yirik savdo sherigi bo`lib, barcha importning beshdan biridan ko`prog`ini tashkil etadi, undan keyin esa AQSh turadi. Xitoy, shuningdek, Braziliyaning eng yirik eksport bozori bo`lib, barcha eksportning uchdan biridan ko`prog`ini tashkil qiladi.

Xitoy 2009 yilda Braziliyaning eng yirik savdo sherigi sifatida AQShni ortda qoldirdi. Bugungi kunda Braziliya Lotin Amerikasida energiya va neft qazib olish bo`yicha Xitoy sarmoyasining eng yirik oluvchisi hisoblanadi.

Ma`lumot uchun, kecha Xitoy va Fransiya yuanda gaz savdosi bo`yicha birinchi kelishuvni imzolagan edi.

Shuningdek, amerikalik generalning fikricha, Xitoy, Rossiya va Eronning yaqinlashuvi uzoq yillar muammoga aylanishi xabar qilingan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar