1

Prezident Xorazm viloyati hokimi vazifasiga nomzod tavsiya qildi

Jamiyat 31.03.2023, 13:37
Prezident Xorazm viloyati hokimi vazifasiga nomzod tavsiya qildi

Urganch shahrida o`tkazilayotgan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida Prezident ishtirok etmoqda.

Prezident Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko`rib chiqildi. Prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Rahimov Jo`rabek Rahimovich nomzodini tavsiya etdi.

Nomzod viloyatda aholi bandligini ta`minlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo`yicha rejalarini taqdimot qildi.

So`ng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo`yildi. Ovozga qo`yish natijalariga ko`ra, Jo`rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.  

Ayni paytda sessiyada viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinmoqda, kelgusi reja va vazifalar belgilab olinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1