AsosiyHidoyat sari

#Ramazon-2023. Ramazon oyida Payg`ambarimizning amallari qanday bo`lgan?

'#Ramazon-2023. Ramazon oyida Payg`ambarimizning amallari qanday bo`lgan?'ning rasmi

Har qanday musulmon borki, Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga ergashishga va unga to`liq amal qilishga urinadi. Chunki, Alloh taolo o`z oyati karimasida u zotni maqtab shunday deydi: 

لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا

Batahqiq, sizlar uchun–Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo`lganlar uchun va Allohni ko`p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go`zal o`rnak bor edi. (Ahzob surasi 21-oyat).

Biz siz azizlarga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyini qanday o`tkazganliklarini qisqacha keltirib o`tmoqni niyat qildik.

Xo`p, bu oyda Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qanday amallar bilan mashg`ul bo`lganlar?

Quyida sizga u zotning bu oyda qilgan amallarning ba`zilarini keltirib o`tamiz:  

- Saharlikni ohirgi vaqtigacha kechiktirar, iftorlikni tezlashtirar edilar. Sahobalarni ham shunday qilishga buyurar edilar. Ya`ni iftorlikni Quyosh botishi bilan qilar edilar.  Lekin ba`zi musulmonlarda iftorlikni shom namozidan keyin hatto, hufton namozigacha kechiktirib xatoga yo`l qo`yadilar. Huddi shuningdek, Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarni saharlik qilishga undar edilar.

   - Quyomul Layl ( tungi namoz)ni ko`paytirar edilar.

   - Qur`on qiroat qilishni ziyoda qilar edilar. Har Ramazon oyida Qur`oni Karimni Jabroil alayhissalomga bir marotaba o`qib berar edilar.

   - Alloh yo`lida ko`plab Xayr-ehson qilar edilar. Vaholanki, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng saxiysi edilar. Lekin u zotning saxiyliklari bu oyda yana ham ziyoda bo`lar edi.

   - Fitr sadaqasini iyd namoziga chiqishdan oldin berar va sahobalarni ham shunga buyurar edilar.

عَن ابْنِ عُمَرَ رضي الله عنهما قَالَ: "فَرَضَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ زَكَاةَ الْفِطْرِ مِنْ رَمَضَانَ صَاعًا مِنْ تَمْرٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ شَعِيرٍ عَلَى الْعَبْدِ وَالْحُرِّ، وَالذَّكَرِ وَالْأُنْثَى، وَالصَّغِيرِ وَالْكَبِيرِ مِنَ الْمُسْلِمِينَ". رَوَاهُ البخاري

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini qulga ham, hur insonga ham, erkak-ayol, katta-kichik musulmonlarga bir so` hurmo va arpadan berishni  farz qildilar”.( Imom Buxoriy rivoyati).

   - oxirgi o`n kunlikni ko`proq ibodat bilan o`tkazar edilar.

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: "كَانَ رَسُولُ اللهِ ﷺ إِذَا دَخَلَ العَشْرُ أَحْيَى اللَّيْلَ، وَأَيْقَظَ أَهْلَهُ، وَشَدَّ المِئْزَرَ" 

Oyisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonning ohirgi o`n kunligi kirganda kechalarni bedor o`tkazar, ahllarini ham uyg`otar va izorlarini shimarar edilar”. (Imom Muslim rivoyati).

 Ba`zilar hadisdagi «izorlarini shimarar edilar » degan gapni, ibodatga ko`proq vaqt bo`lishi uchun ayollaridan tiyilar edilar deb tafsir qilishgan. Ba`zilar esa ibodatga qattiq kirishganlaridan kinoya tarzda keltirilyapti deganlar.

   - Oxirgi o`n kunligida e`tikof o`tirar edilar. Bu payt ayollardan va barcha ishlardan uzoqlashib, vaqtlarini zikr, tavba va ibodatlar bilan o`tkazar edilar.

 Alloh taolo barchamizni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga mukammal tarzda ergashuvchi va qiyomatda shafoatlariga sazovor bo`luvchi bandalardan qilsin.

Manba: muslim.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar