O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan "Muruvvat karvoni" loyihasi doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida xayriya yuklari tarqatilgan edi.
20 dekabr kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan “Muruvvat karvoni”ning navbatdagi xayriya yuklari Toshkent viloyatiga jo`natildi.
Bugun ushbu xayriya tadbirlari Zangiota majmuasida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, diniy-ma`rifiy kitoblar va boshqa zaruriy buyumlar ortilgan yuk avtomashinasi ushbu viloyat tomon yo`lga tushdi.
Ma`lumot uchun, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo`llab-quvvatlash maqsadida jami 106 million so`mlik tovar-moddiy boyliklar beg`araz tarqatish uchun tayyorlandi.
Bunda 20 dona nogironlik aravachasi, 330 metr ayollar gazlamasi, 500 kg. shakar, 550 litr yog`, 223 dona Rasululloh ramazonda audio diski, 892 dona kitoblar (Hazrati Qusam ibn Abbos-Shohizinda, Tafsiri Irfon (19-22 juz), (22-25 juz), (26-28 juz)) o`rin olgan.