AQShning San-Antonioshahrida o`tkazilgan boks oqshomida o`zbekistonlik ikki sportchi - Isroil Madrimov va Murodjon Ahmadaliev ishtirok etishdi.
O`rta vazn (-72,57 kg) toifasidagi jangda o`zbekistonlik bokschiga Rafael Igbokve (16-4, 7 KO) raqiblik qildi.
Isroil Madrimov 10 raund davom etgan jangda amerikalik Rafael Igbokveni ochkolar evaziga mag`lub qildi va profi boksdagi 9-g`alabasini qo`lga kiritdi.
WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (-55,3 kg) IBF yo`nalishida majburiyda`vogar Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) qarshi ringda engilib, kamarlarini boy berdi.






