AsosiySport

FIFA O`zbekistonda 4,2 mln dollarlik to`rtta stadion quradi

'FIFA O`zbekistonda 4,2 mln dollarlik to`rtta stadion quradi'ning rasmi

Prezidentning joriy yil 8 aprelda imzolangan O`zbekistonda ommaviy va professtonal futbolni rivojlantirishga oid qarorida keltirilgan ma`lumotga ko`ra, Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Do`stlik» stadionida 2022–2023 yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`lar ajratgan.

Shuningdek, 2023–2024 yillarda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Do`stlik» stadioni hududida futbol bo`yicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shug`ullanishi uchun byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazi ham quriladi.

Bunda, Terma jamoalar markazida 280 o`rinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitasiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-o`smirlar futbol akademiyasi joylashtirilishi inobatga olinadi.

    Boshqa yangiliklar