Tojikistonda “Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon” musobaqasi bo`lib o`tdi. Mazkur turnirda Belarus, Kanada, Keniya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, O`zbekiston, Ukraina, Fransiya, Xitoy, AQSh, Eron, Efiopiya kabi mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
Musobaqada terma jamoamiz etakchisiga aylanib ulgurgan Shohruh Davlatov 1:01:24 (1 soat 1 daqiqa 24 soniya) hamda Ekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt ko`rsatib, oltin medalni qo`lga kiritishdi. Ahamiyatlisi, har ikki natija mamlakat rekordi sifatida qayd etildi.
Erkaklar:
1. Shohruh Davlatov (O`zbekiston) – 1:01:24
2. Girsha Tilaxun (Efiopiya) – 1:13:26
3. Rahimjon Kelmanov (Qozog`iston) – 1:06:46
Ayollar:
1. Ekaterina Tunguskova (O`zbekiston) – 1:13:31
2. Ulyana Kuzminova (Tojikiston) – 1:22:26
3. Zulxijja G`afforzoda (Tojikiston) – 1:28:09






