AsosiySport

Professional boks: Iqboljon Xoldorov Meksikada g`alabaga erishdi

'Professional boks: Iqboljon Xoldorov Meksikada g`alabaga erishdi'ning rasmi

Meksikada o`tkazilgan navbatdagi professional boks oqshomida hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov ham ringga ko`tarildi.

Havaskorlar o`rtasida jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni va qit`a o`yinlari g`olibi I.Xoldorov professional boksdagi beshinchi jangida meksikalik Eleazar Valensuela bilan ro`baro` keldi. 

Ko`pchilik mutaxassislar va ishqibozlar nazdida 11 yildan beri professional boksda faoliyat olib borayotgan meksikalik tajribali charm qo`lqop ustasi bilan hamyurtimizning jangi uzoq davom etadigandek edi. Ammo, uchrashuvning birinchi raundidayoq Iqboljonning aniq va kuchli zarbalari o`z so`zini aytdi. Raqibi jangni davom ettira olmaydigan holga kelganidan keyin hakam Xoldorovning g`alabasini e`tirof etdi. 

Shu tarzda Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi Iqboljon Xoldorov professional boksdagi oltinchi g`alabasini Meksikada tantana qildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar