AsosiySport

U-20 Osiyo kubogida g`olib bo`lgan o`zbekistonlik sportchi taqiqlangan modda qabul qilgani aniqlandi

'U-20 Osiyo kubogida g`olib bo`lgan o`zbekistonlik sportchi taqiqlangan modda qabul qilgani aniqlandi'ning rasmi

Osiyo futbol konfederasiyasi O`zbekistonda bo`lib o`tgan U-20 Osiyo kubogi bo`yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko`ra, O`zbekiston — Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda U-20 O`zbekiston jamoasining bir nafar futbolchisi — Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. 

Ushbu tekshuriv “A”, ya`ni birinchisi hisoblanib, undan so`ng “B” qo`shimcha tekshiruvi o`tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so`ng yakuniy qaror chiqariladi. 

O`zbekiston futbol assosiasiyasi  rahbariyati boshchiligida mazkur holatni to`liq o`rganib chiqish yuzasidan ichki tekshiruv boshlangan. Unda futbolchi, tibbiy qo`mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etmoqda. 

Dastlabki taxminlarga ko`ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste`mol qilgan bo`lishi ehtimoli o`rganib chiqilmoqda.

Shuni ta`kidlash kerak, turnir davomida O`zbekiston U-20 terma jamoasining aksariyat futbolchilari doping tekshiruvidan o`tgan va hech kimda taqiqlangan vositalar aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar