Futbol bo`yicha O`zbekiston chempionati 6-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvi yakunlandi. Murosasiz bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
O`yinda kiritilgan gollarga “Nasaf”dan G`olib G`aybullaev, “Bunyodkor”dan esa Aleksey Nosko mualliflik qildi.
Uchrashuvdan so`ng ikki jamoa futbolchilari o`rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.
Mehmonlar murabbiyining ta`kidlashicha, janjal kelib chiqishiga “Bunyodkor” a`zosi Davron Ergashevning Qarshi jamoasi futbolchilariga qiliq ko`rsatgani sabab bo`lgan.
“Yigitlar o`yindan so`ng hakam bilan suhbatlashib, sekin maydonni tark etayotgandi. Biz ham bir chetda turgandik. Ergashev bizning o`yinchilarga qiliq ko`rsatdi. Bu futbolchiga yarashmasdi. Men oldiga borib, unga dakki berdim. Unda bunday holat birinchisi emasdi. Lisenziyamni olib qo`yishar emish. Mayli, olaverishsin. Bu qo`rqinchli emas. Lekin bu holat adolatdan emas”, deydi Berdiev.






