Yo`l-yo`riqlar bilan tanishing!
So`nggi paytlarda goh o`qish, goh yumush, yoki sayohat sabab chet elga parvoz qilayotganlar soni ortib bormoqda. Aviaparvozning ham ma`lum tartib va qoidalar ham mavjud, masalan voyaga etmaganlarni mustaqil xorijga chiqishi masalasi. Xo`sh, voyaga etmagan shaxslar ota-ona yoki biror qarovchisiz samolyotda parvoz qila olmaydimi? Bu borada mavjud tartib va qoidalar qanaqa? Shuningdek, farzandini chet elga jo`natayotganlar uchun qanday engilliklar bo`lishi mumkin? Bu kabi savollarga “O`zbekiston Havo yo`llari” MAK bosh birektorning birinchi o`rinbosari A.Akbarov orqali oydinlik kiritamiz.
15 YoShGAChA BO`LGANLARGA “HAMROH” BO`LIShI ShART!
— 15 yoshgacha bo`lgan bolalar "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida xorijga kuzatib boruvchi shaxs hamrohligida belgilangan tartibda uchishi mumkin. Tartibga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimga ega bo`lgan davlatlarga uchish vaqtida bolaning pasportida O`zbekiston Respublikasi IIV ChKvaFRB bo`linmasining bolani kuzatib boruvchi shaxshaqidagi ma`lumot ko`rsatilgan «Hamrohlik qiluvchi shaxs» shtampi bo`lishi kerak. O`zbekiston Respublikasi bilan viza rejimiga ega bo`lgan davlatlarga uchish vaqtida pasportdagi "Ruxsat beruvchi yozuv" stikerida hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma`lumotlar ko`rsatilgan bo`lishi kerak.
15-18 YoShLILARGA ESA NOTARIAL TASDIQLANGAN ROZILIK ASOSIDA
— O`zbekiston Respublikasining voyaga etmagan 15 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan fuqarolari ota-onasi yoki vasiylarning voyaga etmagan shaxsning mustaqil xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi asosida aviabilet xarid qilishi va mamlakatimiz xududidan tashqariga chiqishi mumkin.
AGAR MAHALLIY YO`NALIShLARGA BO`LSA...
— "O`zbekiston havo yullari" Milliy aviakompaniyasining mahalliy yunalishlarida 15-16 yosh bo`lgan bolalar hamrohlik qiluvchi shaxs bilan yoki kuzatib boruvchisiz ham uchishi mumkin. "MAK qatnovlarida bolalarni kuzatib boruvchisiz tashish qoidalari"ga muvofiq 5 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan bolalar ota-ona yoki vasiylar tomonidai "Kuzatib boruvchisiz bolani tashishga so`rovnoma" va "Ota-onalar yoki vasiylarning javobgarligi to`g`risidagi deklarasiya" blanklari to`ldirilgan holda aviakompaniya reyslariga qabul qilinadi. Ota-ona yoki vasiylarning murojaatiga ko`ra 15 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalarga "Kuzatib boruvchisiz bolani tashishga so`rovnoma" blanki rasmiylashtirilishi hamda bolani kuzatib borish xizmati taqdim etilishi mumkin.
ENG MUHIM BOSQICh — “STIKER”
B.Shorixsiev, Ichki ishlar vazirligi XChK va FRB boshlig`i:
— Voyaga etmagan fuqarolarning Xorijga vaqtincha chiqishida stikerni rasmiylashtirish uchun doimiy ro`yxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
a) belgilangan shakldagi ariza-anketa;
b) biror muassasa yoki tashkilot orqali chiqilgan taqdirda muassasa yoki tashkilotning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi;
v) pasport;
g) tug`ilganlik haqida guvohnoma;
d) 35x45 mm o`lchamli to`rtta fotosurat;
e) O`zbekiston Respublikasi hududida birga yashaydigan ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi;
j) fuqaroga hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
z) davlat boji yoki konsullik yig`imlari va boshqa yig`imlar to`langanligi to`g`risida kvitansiya.
AVIAChIPTA: KIChIK PASSAJIRLARGA KATTA ChEGIRMALAR
“O`zbekiston havo yo`llari” MAK qatnovlarida yosh bolalar, o`quvchilar va talabalar uchunaviachiptalar sotib olishda bir qator chegirmalar mavjud. Xususan bolalar uchun chegirmalar MAKning barcha qatnovlarida qo`llaniladi va quyidagicha belgilangan:
• Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar uchun 90 foiz chegirma, alohida joy ajratilmagan holda. Bunda iqtisodiy va biznes klassning barcha tariflaridan foydalanish mumkin;
• Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda va ikki yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun — qo`llanilayotgan iqtisodiy klass tarifining turiga qarab 33 foizdan 50 foizgacha;
• Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda va ikki yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun — biznes klass normal tarifining 50 foizi miqdorini tashkil etadi.
AYRIM DAVLATLARGA ESA...
Toshkentdan Moskvaga, Sharjaga, Dubayga, Kuala-Lampurga, Singapurga, Bangkokka, Istambulga borish va qaytish yo`nalishlarida biznes tarifida bolalar uchun chegirmalar — biznes klass normal tarifining 25 foizi miqdorida qilib belgilangan. Shuningdek, Toshkentdan Rigaga va Nyu-Yorkka uchishda esa chegirmabiznes klass normal tarifining 5 foizini tashkil etadi.
TALABALAR UChUN-ChI? ChIPTALAR SO`MDAMI YoKI...
So`nggi paytlarda xorijda ta`lim olayotgan yoshlarimiz tomonidan bu kabi savollar ko`plab berilmoqda. Xo`sh, talabalar uchun aviachiptalar milliy valyutada sotiladimi yoki xorijiy? Yoxud qaysi davlatlar uchun?
A.Akbarov, “O`zbekiston Havo yo`llari” MAK bosh direktorning birinchi o`rinbosari:
— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 avgustdagi 224-sonli "Aviatashuv xizmatlari ko`rsatilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qaroriga binoan "O`zbekiston havo yullari" Milliy aviakompaniyasining Rossiyaga amalga oshiriladigan qatnovlariga aviabiletlar rezident va norezidentlar uchun xorijiy valyutada sotiladi. Milliy aviakompaniyaning boshqa yunalishlarida aviachiptalar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun milliy valyutada sotiladi. Xorijda ta`lim olayotgan talabalar“Aviachiptalar milliy valyutada sotilishi belgilangan shaxslar ruyxati”ga ko`ra,oliy o`quv yurtining taklifi yoki unga yullanma, shuningdek, talabalar guvohnomasi yoki oliy o`quv yurtida o`qishi to`g`risidagi ma`lumotnoma asosida aviachiptani milliy valyutada sotib olishi mumkin.
MA`LUMOT UChUN
O`zbekiston Respublikasi prezidenti 1992 yil 22 dekbrdagi PF-517-sonli Farmoniga asosan, mahalliy qatnovlar uchun har yili 28 dekabrdan 10 yanvargacha aviachiptalar 50 foizli chegirma asosida sotiladi.
Farida EGAMBERDIEVA tayyorladi