FIFA 20 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Jahon chempionatining yangi mezbonini ma`lum qildi. Unga ko`ra, Argentina davlati yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, deya xabar bermoqda O`FA Axborot xizmati.
Ushbu yirik musobaqa joriy yil 20 may — 11 iyun sanalarida o`tkaziladi. Ma`lum qilinishicha, musobaqa sanasi o`zgarishsiz qoladi. Shuningdek, mundialga qur`a tashlash marosimi 21 aprel kuni Syurixda bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi Indoneziyaga berilgan edi. Biroq, Mamlakatda Isroilning mundialda qatnashishiga norozilik namoyishlari avj olgani uchun FIFA ularga nisbatan sanksiya qo`lladi.






