21 aprel kuni Argentina mezbonlik qiladigan 20 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning "A" guruhidan o`rin oldi. O`zbekistonlik yigitlar guruhda mezbon mamlakat — Argentina, shuningdek, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Mundialni Argentina va O`zbekiston yoshlari o`rtasidagi bahs ochib beradi.
"A" guruhining o`yinlari quyidagi sanalarda bo`lib o`tadi:
20 may:
Argentina - O`zbekiston;
Gvatemala - Yangi Zelandiya.
23 may:
Gvatemala - Argentina;
Yangi Zelandiya - O`zbekiston.
26 may:
Yangi Zelandiya - Argentina;
O`zbekiston - Gvatemala.
Ma`lumot uchun, mundial 20 maydan 11 iyunga qadar davom etadi.






