Surxondaryoda ayol ko`chaga o`ynashga chiqib, chaqirganda kelmagan bolasini kaltakladi. Qizcha shifoxonada

Jamiyat 26.04.2023, 10:39
Teglar: Video, Denov
Surxondaryoda ayol ko`chaga o`ynashga chiqib, chaqirganda kelmagan bolasini kaltakladi. Qizcha shifoxonada

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyat Denov tuman Katta karshi mahallasida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan qizchaning holati aks etgan videoxabar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi.

Ma`lum bo`lishicha, Denov tumanida yashovchi M.A. ismli ayol farzandi X.S. ismli qizini “2023 yil 22 aprel kuni soat 13:00larda ko`chaga o`rtoqlari bilan o`ynash maqsadida chiqadi va oradan biroz vaqt o`tganidan keyin onasi uni chaqirganligini eshitib, onasidan ko`rqqanidan yashirinadi.  Onasi qizini taxminan 40 minutlar ko`chadan qidiradi va qizi topilganidan keyin uni uyiga olib kirib, tayoqcha bilan uni urib kaltaklagan.

Hozirgi vaqtda X.S. ismli qiz Denov tuman markaziy kasalxonasida davolanib kelmoqda.

Ushbu holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida. 

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi jangda halok bo`ldi (video)

07.09.2023, 13:15

Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglardan birida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, 1972 yilda tug`ilgan...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Kitob tumanidagi dehqon bozori yonib ketdi (video)

31.08.2023, 12:47

Bugun, 31 avgust kuni soat 03:53 larda Kitob Dehqon oziq-ovqat bozori hududidagi savdo do`konlaridan birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1