AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Osiyo futbol konfederasiyasi rahbari bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Osiyo futbol konfederasiyasi rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 aprel kuni Osiyo futbol konfederasiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qit`a konfederasiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlab, Osiyoda ushbu sport turini ommalashtirishga qo`shayotgan shaxsiy hissasini qayd etdi.

Mamlakatimiz va konfederasiya o`rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi. Futbolni rivojlantirish, unga yoshlarni keng jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha qo`shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O`zbekistonda havaskor va professional futbolni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va o`qitish bazasini barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlarni yuqori baholadi. Mamlakatimizda yoshlar o`rtasida Osiyo chempionatlari muvaffaqiyatli o`tkazilgani va yaqinda milliy terma jamoamiz g`alaba qozongani bilan chin dildan tabrikladi.

Uchrashuv davomida Osiyo futbol konfederasiyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlar o`rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o`tkazish, ushbu sport turini ommalashtirish, ilg`or tajribani joriy qilish va metodologik yordam ko`rsatish, murabbiylarning malakasini oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar