AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisini qabul qildi'ning rasmi

Toshkent investisiya forumi dasturi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.

O`zbekiston-Qirg`iziston ko`p qirrali hamkorligiga oid amaliy jihatlar muhokama qilindi.

Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jadal muloqotlar davom ettirilmoqda, muhim iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda O`sh shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi teatrning yangilangan binosi tantanali ochildi, Qo`qon shahrida esa sportchilarning spartakiadasi muvaffaqiyatli o`tkazildi. Hududlar forumi va Avlodlar uchrashuvini o`tkazishga puxta tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Davlatimiz rahbari avtomobilsozlik, energetika, transport infratuzilmasi, poytaxtlarda savdo uylarini ochish bo`yicha kooperasiya loyihalarini tezlashtirish zarurligini ta`kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar