Farg`ona viloyatida dahshatli qotillik yuz berdi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.
Ma`lum qilinishicha, erkak o`zining xotini va qanotasini vahshiylarcha pichoqlab o`ldirgan. Bunga sabab oilaviy kelishmovchilik bo`lgan. Marhumaning turmushga chiqqaniga etti yil bo`lgan bo`lib, ikki farzandi bor, o`tgan davr davomida erkak tomonidan doimiy kaltaklanib kelingan. Yaqinlarining aytishicha, ayol hatto kaltak zarbidan ko`zi ko`rmay qolayotganidakn ham shikoyat qilgan. Qotillik yuz bergan kuni marhuma o`z ota-onasi uyida bo`lgan. Yarim tunda erkak hovliga kirgan, buni marhumaning onasi ko`radi va turmush o`rtog`ini uyg`otadi. Biroq ota o`zini o`ngarishga ham ulgurmasdan kuyov unga ketma-ket pichoq sanchadi. Yordamga kelgan qizini ham pichoqlaydi. Kuyovning qaynonasi bu paytda odamlardan yordam so`rab ko`chaga chopadi. Erkak xotini va qanotasining qotiliga aylanadi.
Holat yuzasidan shu kunning o`zida Buvayda tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...07.09.2023, 13:15
Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglardan birida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, 1972 yilda tug`ilgan...06.09.2023, 10:12
Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...31.08.2023, 12:47
Bugun, 31 avgust kuni soat 03:53 larda Kitob Dehqon oziq-ovqat bozori hududidagi savdo do`konlaridan birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda...