1

Qozog`iston prezidenti Shavkat Mirziyoevni referendum muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan tabrikladi

Siyosat 01.05.2023, 13:08
Qozog`iston prezidenti Shavkat Mirziyoevni referendum muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan 1 may kuni bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va yirik kooperasiya loyihalarining borishi muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Suhbat avvalida Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev joriy yil 30 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha referendum muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan dildan qutladi.

Davlatimiz rahbari, o`z navbatida, Qozog`iston etakchisi va qardosh xalqini davlat bayrami – Birdamlik kuni bilan samimiy tabrikladi.

Muloqot chog`ida davlat rahbarlarining qarorlarini o`z navbatida amalga oshirish, eng avvalo, ustuvor tarmoqlardagi kooperasiya dasturlarini tayyorlash va bajarish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan hukumatlarga shu hafta Toshkent shahrida o`tadigan Hukumatlararo komissiya yig`ilishi davomida qo`shma loyihalarni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ko`rish topshirildi.

O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari bo`lajak tadbirlar rejasini ham ko`rib chiqdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1