1

Sadir Japarov Shavkat Mirziyoevni Konstitusiya bo`yicha referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi

Siyosat 01.05.2023, 14:19
Sadir Japarov Shavkat Mirziyoevni Konstitusiya bo`yicha referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi

1 may kuni bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotda Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Konstitusiya bo`yicha referendumning muvaffaqiyatli natijalari va ushbu tadbir yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgani bilan tabrikladi.

O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat kooperasiyasi bo`yicha yirik loyihalarni ilgari surishda amaliy natijalarga erishilayotgani qayd etildi.

Qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirishda O`sh shahrida Bobur nomidagi akademik teatrning yangilangan binosi ochilgani va Qo`qon shahrida talabalar spartakiadasi o`tkazilgani muhim ahamiyatga ega.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat oqsoqollari va yoshlari ishtirokidagi Avlodlar muloqotiga puxta tayyorgarlik ko`rish bo`yicha topshiriq berdilar.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari, shu jumladan joriy yilning iyun oyida Qirg`izistonda o`tkaziladigan ko`p tomonlama sammitga tayyorgarlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1