1

Shavkat Mirziyoev MDH bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi

Siyosat 01.05.2023, 21:09
Shavkat Mirziyoev MDH bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 may kuni Konstitusiya bo`yicha referendumni kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo`lib turgan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Hamdo`stlik bosh kotibi va missiya a`zolariga mamlakatimizning barcha hududlarida faol ishlagani hamda referendumning borishi va natijalariga yuksak baho bergani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Nufuzli mintaqaviy tashkilot rahbari, o`z navbatida, O`zbekiston etakchisi va ko`p millatli xalqini referendum jarayonlari yuksak xalqaro talablari va standartlariga muvofiq muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan dildan qutladi.

Referendum yakunlari Yangi O`zbekistonni barpo etish va mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni davom ettirishda muhim bosqich bo`lishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda o`zaro manfaatli, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, sanoat va transport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashda MDHning muhim o`rni qayd etildi. Hamdo`stlik makonida investisiyalar jadal sur`at bilan o`sayotgani ta`kidlandi, joriy yilning mart oyida Samarqand shahrida o`tgan Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisining samarali natijalari yuqori baholandi.

Faol gumanitar almashinuvlarni bundan buyon ham davom ettirishga alohida e`tibor qaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1