AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston hamda Ozarbayjon neft va gaz kompaniyalari o`rtasida qo`shma korxona ochiladi

'O`zbekiston hamda Ozarbayjon neft va gaz kompaniyalari o`rtasida qo`shma korxona ochiladi'ning rasmi

Bu haqda “O`zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko`rgazmasida ishtirok etayotgan Darakchi.uz` muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirning birinchi kunida “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov va Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi prezidenti Rovshan Nadjaf boshchiligidagi delegasiyalar ishtirokida uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuv avvalida O`zbekiston tomonidan ikki kompaniya o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorliklari uchun “SOCAR” kompaniyasi prezidentiga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv chog`ida xorijiy hamkorlar tomonidan  “Upstream” va “Downstream» yo`nalishlarida aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish muhimligi ta`kidlandi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish loyihasida ishtirok etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasidagi konlarni birgalikda o`zlashtirishga alohida qiziqish bildirildi. Shu bilan birga, “SOCAR” rahbariyati tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududida operator sifatida, shuningdek, xizmat ko`rsatish shartnomalarida ishtirok etishga tayyor ekanligi ma`lum qilindi.

“O`zbekneftgaz” AJ va “SOCAR" bilan hamkorlikda  " SOCAR Trading” qo`shma korxonasini tashkil etish masalasi ham yig`ilish kun tartibida ko`rib chiqildi.

O`z navbatida, "O`zbekneftgaz" AJ  tomonidan “SOCAR” kompaniyasi rahbariyatiga  kompaniyalar o`rtasidagi potensial hamkorlikni hamda ekologik standartlarga muvofiq qayta tiklanadigan energetika sohalarini rivojlantirish borasidagi qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu munosabat bilan ushbu yo`nalishni rivojlantirish bo`yicha yaqindan hamkorlik qilish taklif qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha barcha sohalardagi hamkorlik istiqbollarini yanada o`rganish  va barcha qo`shma loyihalarni davom ettirish bo`yicha kelishuvlarga erishildi

Eslatib o`tamiz, ko`rgazma joriy yilning 19 va 20 may kunlari o`z ishini davom ettiradi. Ko`rgazma doirasida  “O`zbekneftgaz ” AJning ko`p yillik hamkorlari,  salohiyatli investorlar hamda xizmat va uskunalar etkazib beruvchilar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar