Singapur Prezidenti Halima Yoqub ertaga O`zbekistonga keladi

Siyosat 22.05.2023, 19:56
Singapur Prezidenti Halima Yoqub ertaga O`zbekistonga keladi

Singapur Prezidenti Halima Yoqub ertaga, 23 may kuni O`zbekistonga keladi.  Bu haqda Singapur Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Halima Yoqub hozirda Qozog`istonda bo`lib turibdi. Davlat rahbari 23 may kuni Qozog`istonga tashrifini yakunlab, Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan O`zbekistonga keladi. 

Tashrif kun tartibiga ko`ra, Halima Yoqub Singapur-O`zbekiston biznes forumida ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashadi va shundan so`ng Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, Singapur Prezidenti Samarqandga borishi va viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan ham uchrashishi kutilmoqda. 

Halima Yoqubning O`zbekistonga safari davomida unga Singapurning bir qator yuqori mansabdorlari va vazirlar hamrohlik qiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1