AsosiyJamiyat

TATU rektori vazirdan yangi Equinox so`rab olgani aytilmoqda

'TATU rektori vazirdan yangi Equinox so`rab olgani aytilmoqda'ning rasmi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov Raqamli texnologiyalar vaziriga bildirgi yozib, o`ziga yangi Equinox sotib olib berishni so`ragan.

Bildirgida yozilishicha, universitet hisobidagi 6 ta mashina eskirgan. Jumladan, 4 ta Lacetti, 1 ta Hyundai Elantra va 1 ta Malibu-2 eskirgani va shuning uchun ko`p benzin sarf qilayotgani yozilgan.

Shu maqsadda rektor vazirdan 2 ta yangi mashina olib berishni so`ragan. 

Vazirlik esa hozircha 472,5 mln. so`mlik bitta Equinox xarid qilgan. 

    Boshqa yangiliklar