1

Qashqadaryoda g`alla ekilgan 1 gektar maydon yonib ketdi (video)

Jamiyat 28.05.2023, 18:53
Qashqadaryoda g`alla ekilgan 1 gektar maydon yonib ketdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi g`alla maydonida yong`in sodir bo`ldi. Yong`inda taxminan 1 gektar er maydonidagi g`alla yongani aytilmoqda.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma`lumot berishicha, yong`in kecha, 27 may kuni Oyoqchi qishlog`ida sodir bo`lgan.

“27 may kuni soat 15:11 larda Kitob tumani favqulodda vaziyatlar bo`limiga ‘Zarafshon’ MFY, Minjil qishlog`ida joylashgan ‘Ayoqchi’ fermer xo`jaligiga qarashli ochiq dalada yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushgan. Yong`inga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 15:58 larda voqea joyiga etib borib, yong`inni 16:50 larda bartaraf etgan. Yong`in oqibatida fermer xo`jaligiga qarashli taxminan 1 gektarga yaqin g`alla maydoni zarar ko`rgan”, — deyiladi rasmiylar ma`lumotida.

Qo`shimcha qilinishicha, mahalliy aholi va yong`in-qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari bilan ekin maydonga yondosh bo`lgan qariyb 15 gektar ekin maydoni yong`indan saqlab qolingan.

Hozirda yong`in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1