1

Turkiyadagi prezidentlik saylovining dastlabki natijalari e`lon qilindi

Dunyo 28.05.2023, 21:45
Turkiyadagi prezidentlik saylovining dastlabki natijalari e`lon qilindi

Bugun, 28 may kuni Turkiyada bo`lib o`tgan prezidentlik saylovining 2-turining dastlabki natijalari e`lon qilindi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hozirga qadar umumiy saylov uchastkalaridagi 61 foiz saylov qutilari ochilgan. Unga ko`ra, amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo`g`an hozirda 55,2 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Uning raqibi Qilichdoro`g`li to`plagan ovozlar hozircha 44,7 foizni tashkil qiladi.  

Eslatib o`tamiz, bugun, 28 may kuni keyingi 5 yil muddatda Turkiyani boshqaradigan kishini tanlash uchun butun mamlakat bo`ylab 191 ming 885 ta saylov qutisi o`rnatildi. Fuqorolar soat 8:00 dan ovoz berishni boshladi va soat 17:00da saylov tugadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1