1

Chilonzordagi tergov bo`limida 21 yoshli mahbus vafot etdi

Jamiyat 29.05.2023, 21:46
Chilonzordagi tergov bo`limida 21 yoshli mahbus vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzordagi tergov bo`limida 21 yoshli yigit vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi holatga izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 22 may kuni tonggi soat 04.30 larda Chilonzor tumanidagi yo`l patrul xizmati maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan Gentra rusumli transport vositasi to`xtatilgan.

Mazkur avtomobil yo`lovchisi 2002 yilda tug`ilgan X.T. o`z xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg`otganligi sababli xolislar ishtirokida tekshirilgan va uning yonidan o`tkir hidli to`q jigarrang rangidagi modda borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olingan. X.T. va to`plangan hujjatlar Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

O`tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko`ra, X.T.ning yonidan topilgan modda 53,52 grammni tashkil qilib, “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) asosida jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shu kuni taxminan soat 18.50 larda  X.T. Chilonzor tumani IIO FMBdagi 4-qavatda joylashgan xizmat xonasiga olib ketilayotgan vaqtida, hojatxonaga kirishligini so`ragan. X.T. 4-qavatda joylashgan hojatxonaga kirgandan so`ng, tergovdan qochib yashirinish maqsadida hojatxona derazasidan pastga sakrashi natijasida bosh va tana qismidan turli jarohatlar olgan (Mazkur holat binoga o`rnatilgan videoyozuv moslamalarida qayd etilgan).

Tuman IIO FMB xodimlari X.T.ga zudlik  bilan tez-tibbiy yordam ko`rsatilishini ta`minlash maqsadida RShTYoIMga olib borilib, unga "bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat eyishi, bosh suyagini sinishi, tana a`zolarining gematomasi" tashxisi qo`yilgan. 29 may kuni X.T. kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1