1

Juma bilan tabriklash taqiqlandimi?

Jamiyat 30.05.2023, 11:17
Juma bilan tabriklash taqiqlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “juma tabrigi”, “Qur`oni karim oyatlari”, “Payg`ambar alayhissalom hadislari”, yurtimiz ulamolari va imom-domlalarining mav`izalarini tarqatish go`yoki mumkin emas, shuningdek, yurtimizdagi rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi ma`lumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo`lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati holatga rasmiy munosabat berdi. 

Unda aytilishicha, 2021 yil 5 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonuniga asosan, e`tiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga ko`ra, fuqarolar dinga e`tiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o`tkazish hamda o`z dinining ta`limotlarini o`rganish haq-huquqiga egadir.

Shunga binoan mo`min-musulmonlar uchun zarur bo`lgan diniy masalalar rasmiy elektron manbalar orqali keng yoritib borilmoqda. O`zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma`lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta`qib yo`q.

Ma`lumot uchun, buzg`unchi oqimlar g`oyalarini o`ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinmoqda. Shuning uchun ham ekstremistik g`oyalarni har qanday shaklda hoh juma tabrigi bo`lsin, hoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo`lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan taqiqlanadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1