1

“Katta Langar Qur`oni” qo`lyozmasi qachon yaratilgan?

Madaniyat 31.05.2023, 21:34
“Katta Langar Qur`oni” qo`lyozmasi qachon yaratilgan?

Qur`oni Karimning Er yuzidagi eng mo``tabar nusxalardan biri “Katta Langar Qur`oni” qo`lyozmasi sahifalari bugungi kunda Sankt-Peterburg, Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida saqlanadi.

Taxminlarga ko`ra, qo`lyozmaning umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Bugungi kungacha ularning 97 sahifasi etib kelgan. Qolgan sahifalarning taqdiri sirligicha qolmoqda.

Mazkur qo`lyozma matni sayqallangan hayvon terisi — pergamentga bitilgan. Sahifalarning o`rtacha o`lchami 52,5x34,0 sm.ni tashkil etgan. Matnlar arab alifbosining kufiy-hijoziy xatida yozilgan.

Sankt-Peterburgdagi Sharq qo`lyozmalari institutida qo`lyozmaning 81 sahifasi saqlanmoqda. Ma`lum bo`lishicha, ular 1936 yilda notanish keksa ayoldan sotib olingan. Olim E.Rezvan yozishicha, qo`lyozmaning yaratilishi VIII asr oxiriga to`g`ri keladi.

Loyiha bosh homiysi – “ErielGroup”                          

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1