Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lgan yigitlarning Toshkent metropolitenida qiz bolaga qilgan shilqimligi yuzasidan bugun ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi xabar berdi.
Unda T. R. (2001 yil Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, talaba) va K. K. (2001 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan, talaba) ga oid ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rib chiqilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 1 iyundagi qaroriga ko`ra T. R. va K. K. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (ma`muriy javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma`lum qilinadi.