Bugun, 1 iyul kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 18 yoshli fuqaro o`z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida ro`yxatda turib, Sharof Rashidov tumani «Nurafshon» MFYda yashagan, 2005 yilda tug`ilgan M.B. «Zargarlik» MFY hududidagi ko`p qavatli uyning tom qismiga chiqib, o`sha erdan o`zini pastga tashlab, voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni shahar prokuraturasi olib borilmoqda.






