1

Chilonzorda 21 yoshli yigit IIB hojatxonasidan pastga sakragan voqea tasvirga tushirilgan video e`lon qilindi

Jamiyat 04.06.2023, 09:21
Chilonzorda 21 yoshli yigit IIB hojatxonasidan pastga sakragan voqea tasvirga tushirilgan video e`lon qilindi

Joriy yilning 29 may kuni Chilonzor tumani IIBda tergov qilinayotgan 21 yoshli yigit vafot etgani haqida xabar berilgan edi.  Ijtimoiy tarmoqlarda yigitning vafoti turlicha muhokamalarga sabab bo`ldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berib, voqea tasvirga tushirilgan videoni e`lon qildi.

Qayd etilishicha, fuqaro X.T.ning vafot etganligi yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, X.T. cho`ntagida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, 22 may kuni Chilonzor tumani IIO FMB JQB giyohvandlikka qarshi kurashish bo`limiga olib kelingan.

Binoning 4-qavatiga surishtiruv harakatlarini o`tkazish uchun olib chiqilgan X.T. javobgarlikdan qochish maqsadida shu qavatda joylashgan hojatxonaga kirib, tezkor xodimni chalg`ishi natijasida hojatxonaning derazasidan, pastda joylashgan oshxonaning shifer bilan qoplangan tom qismiga sakragan. Shiferning chetki qismi sinishi oqibatida X.T. bosh qismi bilan erning beton qoplamasiga qulab tushgan.

Jarohatlangan fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shifoxonaga olib borilgan.

Chilonzor tumani prokurori boshchiligidagi guruh tomonidan shu kunning o`zida hodisa sodir bo`lgan bino va atrof-muhit joyiga chiqqan holda ko`zdan kechirilgan, tegishli guvohlar va ishga aloqador barcha xodimlarning ko`rsatmalari olingan.

X.T.ga ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida, 29 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

"Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa bo`yicha turli asoslanmagan ma`lumotlar tarqalmoqda.  

Mazkur hodisa alohida nazoratga olingan bo`lib, mish - mishlardan kelib chiqqan asossiz ma`lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda rasmiy manbalar orqali berilayotgan ma`lumotlarga tayanishlaringizni so`rab qolamiz", deydiladi bayonotda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1