1

Gang daryosi ustidan qurilayotgan ko`prik yana qulab tushdi

Jamiyat 06.06.2023, 12:39
Gang daryosi ustidan qurilayotgan ko`prik yana qulab tushdi

"Aguvani-Sultangandj" nomli 4 tasmali avtomobil ko`prigi ikki yil ichida ikkinchi marta qulab tushgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. 

U Bixar shtatining Bxagalpur shahrida joylashgan.

Dastlab ko`prikning markaziy qismi qulagan, keyinroq uning tayanch ustunlari qiyshayib, daryoga tushib ketgan.

2022 yilda aynan shu ko`prik qismini to`fon uchirib ketgan edi. Shundan so`ng konstruksiya tiklangan.

Baxtli tasodif bilan voqeada hech kim jabrlanmagan.

Ma`lumot uchun: 3,1 km.li ko`prik qurilishi 2014 yilda boshlangan va 2019 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi.

Shu paytgacha loyihaga 208 million dollar sarflangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1