O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`lib turibdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 6 iyun kuni Samarqand shahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
O`zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiya a`zolarini qutladi.

Shundan so`ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.















