AsosiySiyosat

O`zbekiston va Qatar o`rtasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi

'O`zbekiston va Qatar o`rtasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi'ning rasmi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo`lib o`tdi.

Jumladan, quyidagilar qabul qilindi:

  • Investisiyalarni o`zaro rag`batlantirish va himoya qilish to`g`risida hukumatlararo bitim;
  • Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mulk soliqlarini to`lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to`g`risida hukumatlararo bitim;
  • Bojxona ishlarida o`zaro ko`mak ko`rsatish to`g`risida hukumatlararo bitim;
  • Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik to`g`risida hukumatlararo bitim;
  • Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish to`g`risida hukumatlararo bitim;
  • Oliy ta`lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to`g`risida hukumatlararo memorandum;
  • Madaniyat sohasida hamkorlik to`g`risida hukumatlararo memorandum;
  • Savdo sohasida hamkorlik to`g`risida memorandum;
  • Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik to`g`risida memorandum;
  • O`simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to`g`risida memorandum;
  • Sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik to`g`risida memorandum;
  • Toshkent va Doxa shaharlari o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum.

Shuningdek, tashqi ishlar va adliya vazirliklari o`rtasida 2023-2025 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturlari hamda Ustuvor investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qo`shma platforma yaratish to`g`risida kelishuv imzolandi.

    Boshqa yangiliklar