AsosiySiyosat

O`zbekiston va Italiya o`rtasida 2026 yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi

'O`zbekiston va Italiya o`rtasida 2026 yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi'ning rasmi

O`zbekiston va Italiya o`rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga chiqdi.

Muzokaralar yakunida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni ikki mamlakat o`rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o`rnatish to`g`risidagi qo`shma deklarasini qabul qildilar.

Etakchilar huzurida ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham bo`ldi. Huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xo`jaligi sohalarida hamkorlik qilish to`g`risidagi bitimlar shular jumlasidan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi o`rtasida restavrasiya sohasida, O`zbekiston madaniyat va san`atni rivojlantirish fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi o`rtasida madaniyat sohasida hamkorlik to`g`risidagi memorandumlar, tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida 2023-2024 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026 yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar