AsosiySport

Xavi ”Barsa”ga shart qo`ydi

'Xavi ”Barsa”ga shart qo`ydi'ning rasmi

”Barselona” hali Xavining yangi shartnoma borasidagi moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

 ”Cadena SER“ nashrining xabariga ko`ra, 43 yoshli kataloniyalik murabbiy soliqlardan keyin 12 million evro maosh talab qilmoqda. Xavi va uning butun murabbiylar shtabining soliqdan oldingi maoshlarini hisobga olsak, bu summa 30 million evroni tashkil etadi. Hozir murabbiy va ”Barselona” ning pozisiyalari bir-biridan juda uzoqda. Xavining ”ko`k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Eslatib o`tamiz, o`tgan mavsumda ”Barsa“ mamlakat chempionligi bilan birga Ispaniya Superkubogini qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar