Amerikalik ekspertlar guruhi salomatlik uchun mo`ljallangan mobil ilova va elektron moslamalar samaradorligini baholovchi “Evidence Defined” platformasini yaratdi.
Ushbu yangilik shifoxonalar va tibbiy xizmat ko`rsatuvchi muassasalarga raqamli servis qanchalik mos ekanligini aniqlashda yordam beradi.
Tadqiqot mualliflarining ta`kidlashicha, tibbiyot sohasida raqamli mahsulotlardan foydalanish keng ommalashgan. Hozir savdoda 300 mingdan ortiq salomatlikka doir dasturiy ilovalar, qo`l va bo`yinga taqiluvchi 300 dan ortiq moslamalar mavjud.
Ulardan AQSh fuqarolarining yarmidan ko`pi sog`lig`ini nazorat qilishda keng foydalanmoqda.
Ammo bunday moslama va ilovalarning sifati har doim ham talab darajasida emas. Shu bois ekspertlar guruhi bu borada 78 ta tavsiyalar to`plamini tahlil qilib, raqamli xizmatlarni baholash bo`yicha qo`llanma yaratdi.
Har olti oyda yangilanib turuvchi mazkur platforma raqamli mahsulotlar va dasturiy ilovalar sifatini baholashda, avvalo, uning zaif tomonlarini ko`rsatib beradi.
10.06.2023 20:00
Salomatlikka doir dasturiy ilovalar samaradorligini baholovchi platforma yaratildi
