AsosiySiyosat

Indoneziya vise-Prezidenti bugun birinchi marotaba O`zbekistonga keladi

'Indoneziya vise-Prezidenti bugun birinchi marotaba O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Indoneziya vise-Prezidenti Maruf Amin bugun birinchi marotaba O`zbekistonga keladi.

O`zbekistonning Jakartadagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra,  Indoneziya vazirlik va idoralari, ommaviy axborot vositalarining 100 nafarga yaqin vakillari, shuningdek, tadbirkorlar delegasiya tarkibidan joy olgan. Besh kunlik tashrif davomida Indoneziya delegasiyasi O`zbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o`tkazishadi, ularda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Indoneziya delegasiyasi Samarqandga tashrif buyuradi. U erda delegasiya a`zolari «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasi bilan tanishishlari barobarida viloyat va shahar rahbariyati bilan ham uchrashadilar.

Eslatib o`tamiz: joriy yil 6-7 iyun kunlari Indoneziya turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri Sandiaga Salaxuddin Uno ham O`zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Salaxuddin Uno O`zbekiston Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan muzokaralar o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar