18 iyundan 24 iyunga qadar odamlar uchun xavfli bo`lishi mumkin bo`lgan kuchli magnit bo`roni kuzatiladi.
Ma`lum qilinishicha,18 iyundan 24 iyungacha bu oydagi eng uzun magnit bo`roni kutiladi, u 3 dan 4 ballgacha o`zgarib turadi. Bu kuchli intensivlik deb hisoblanadi. Bu davrning eng xavfli kuni 20 iyun bo`ladi. Bu kunda dalgalanmalar faolligi eng yuqori bo`ladi.
Qayd etilishicha, 18 dan 24 iyungacha bo`lgan davrda qaror qabul qilishda befarqlik, tashvish, asabiylashish va noaniqlik odamlarni bosib olishi mumkin. Ob-havoga bog`liq bo`lgan odamlarda qon bosimi oshishi va migren kuchayishi mumkin. Jismoniy faoliyatdan voz kechish, dam olish uchun vaqt ajratish, iliq vannalarni qabul qilish, ko`proq suv ichish lozim.






