AsosiySiyosat

Xorazm viloyati hokimi ham senator bo`ldi

'Xorazm viloyati hokimi ham senator bo`ldi'ning rasmi

16 iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo`shab qolgan o`rin uchun saylov bo`lib o`tdi.

Xorazm viloyati, Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjaev ishtirok etdi.

Saylov yashirin ovoz berish yo`li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko`ra Xorazm viloyati hokimi Jo`rabek Rahimov Oliy Majlis Senati a`zoligiga saylandi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Sirdaryo va Surxondaryo viloyati hokimlari ham senator etib saylangan edi.

    Boshqa yangiliklar